Xush kelibsiz! 👋

Analitik geometriyani o'yin orqali o'rganing

đŸŽ¯ Platforma haqida

Bu interaktiv veb-platforma maktab o'quvchilari uchun Analitik geometriya bo'limini vizual va qiziqarli tarzda o'rgatishga mo'ljallangan. Har bir mavzu uchun alohida bo'lim va o'yinlar mavjud.

📋 Qoidalar

  1. Chap menyudan kerakli bo'limni tanlang.
  2. Nazariy qismni diqqat bilan o'qing.
  3. Interaktiv o'yinlarda ko'rsatmalarga amal qiling.
  4. Barcha nuqtalarni topib, sirli rasmni oching!
  5. Xato qilsangiz, qayta urinib ko'ring — bu o'rganish jarayonining bir qismi.

đŸ—ēī¸ Bo'limlar rejasi

  • Tashkiliy qism: Koordinatali chipta — sinfxonada o'z joyingizni toping (ice-breaker)
  • Takrorlash: Jonli sonlar o'qi — sonlarni o'sish tartibida joylashtiring
  • Tezkor Test: O'tilgan mavzu bo'yicha 3 ta savol
  • Dekart va Pashsha: Koordinatalar tizimining kelib chiqishi
  • Koordinatalar tekisligi: Interaktiv nazariya va hover bilan o'rganish
  • 1-O'yin: Ayg'oqchi nuqtalarni saralash
  • 2-O'yin: Snayper — tezkor chorak tahlili
  • Amaliyot: Havo yo'llari radari — koordinatalarni aniqlash
  • Dekart koordinatalari: Koordinatalar tizimi, nuqtalar va "Sirli rasmni top" o'yini
  • Xazina izlovchilar: Kesma o'rtasini topib, xazinani qazish o'yini
  • Navigatsiya ustasi: Masofa formulasi bilan eng qisqa yo'lni topish
  • Radar qamrovi: Aylana tenglamasi bilan qamrov doirasini belgilash
  • Lazer nuri: To'g'ri chiziq tenglamasi y = kx + b bilan xavfsizlik devori
  • Matematik Artilleriya: Lazer (to'g'ri chiziq) va Bomba (aylana) rejimlari
  • IV — Yakun: Mustahkamlash, o'zini baholash va uyga vazifa
💡 Darsni boshlashdan oldin "Tashkiliy qism: Koordinatali chipta" bo'limida o'z joyingizni topib ko'ring!

Tashkiliy qism: Koordinatali chipta đŸŽĢ

Sinfxonada koordinatalar yordamida o'z joyingizni toping!

📋 Vazifa

Sinfxona partalari koordinata tizimidagi 1-chorak kabi joylashgan: pastda X o'qi, chapda Y o'qi. Avval chipta oling, keyin ko'rsatilgan koordinatdagi partani toping!

Sizning chiptangiz: A( ? ; ? )

Chipta olish tugmasini bosing va o'z joyingizni toping

đŸĢ Sinfxona partalari (4×4)

Y
4321
O
1234
X →
2-qadam ¡ Mavzuni takrorlash

O'tilgan mavzuni takrorlash: Jonli sonlar o'qi đŸ”ĸ

Sonlarni o'sish tartibida joylashtiring: chapdan o'ngga kichikdan kattaga!

📖 Qoidalar

Pastdagi kartochkalarni yuqoridagi bo'sh kataklarga joylashtiring. Sonlar o'sish tartibida bo'lishi kerak (masalan: -7, -3, -1, 0, 2, 5, 8). Kartochkani bosishingiz yoki ushlab sudrab tashlashingiz mumkin.

📏 Sonlar o'qi

👇 Kartochkalarni sudrab yoki bosib joylashtiring

🎉 Ajoyib! Siz sonlar o'qini to'g'ri qura oldingiz! Endi tezkor testga o'tamiz.

3-qadam ¡ Tezkor Test

O'tilgan mavzu bo'yicha Tezkor Test 📝

Sonlar o'qi bo'yicha bilimingizni tekshiring!

Savol 1 / 3

🏆 Barcha savollarga to'g'ri javob berdingiz! Endi yangi mavzuga o'ting.

III ¡ Yangi mavzu

Dekart va Pashsha đŸĒ°

Koordinatalar tizimi qanday kashf etilganini bilib oling!

📜 RenÊ Dekart va pashsha hikoyasi

XVII asrda RenÊ Dekart (Rene Dekart) Fransiyada yashagan buyuk matematik va faylasuf edi. Bir kuni u xonasining shiftida o'tirgan pashshani kuzatib qoldi. Pashsha shiftning har bir nuqtasida turishi mumkin edi — lekin qayerdaligini qanday aniqlash mumkin?

Dekart o'yladi: ÂĢAgar chap devordan masofani (X) va pastki devordan masofani (Y) bilsem, pashshaning aniq joyini topa olaman!Âģ Shunday qilib, u xona shiftini koordinatalar tekisligiga o'xshatdi — va bugun biz o'rgangan Dekart koordinatalari tizimi shu fikrdan tug'ilgan!

đŸĒ° Pashshani yuboring

Qanday ishlaydi?
  1. X — pashshaning chap devordan masofasi (o'ngga qarab)
  2. Y — pashshaning pastki devordan masofasi (yuqoriga qarab)
  3. Raqamlarni kiriting va ÂĢPashshani yuborishÂģ ni bosing

🏠 Xona shifti — koordinatalar tekisligi

Pastki chap burchak — O(0; 0). X o'qi chapdan o'ngga, Y o'qi pastdan yuqoriga. Pashshani yuborganingizdan keyin to'q sariq chiziqlar X va Y masofasini ko'rsatadi.

O (0; 0)
đŸĒ°
III · Yangi mavzu — davomi

Interaktiv Koordinatalar Tekisligi — Nazariya 📐

Sichqonchani grid ustida harakatlantiring va X, Y qanday ishlashini kuzating!

📋 1-jadval: Matematik atamalar va ularning hayotiy ekvivalentlari
Matematik atama Hayotiy ekvivalent (Dekart hikoyasi)
Koordinata tekisligi Xona shifti (tekis yuzalar)
X o'qi (absissa) Chap devordan o'lchanadigan gorizontal masofa →
Y o'qi (ordinata) Pastki devordan o'lchanadigan vertikal masofa ↑
O(0; 0) — sanoq boshi Pastki chap burchak (devorlar kesishgan joy)
Nuqta A(x; y) Pashshaning shiftdagi aniq joylashuvi
Musbat X (x > 0) Chap devordan o'ngga qarab masofa
Manfiy X (x < 0) Chap devordan chapga qarab masofa
Musbat Y (y > 0) Pastki devordan yuqoriga qarab masofa
Manfiy Y (y < 0) Pastki devordan pastga qarab masofa

đŸ–ąī¸ Sichqonchani grid ustida harakatlantiring

Nuqta, koordinatalar va o'qlarga proyeksiya chiziqlari avtomatik ko'rsatiladi

📌 Eslatma: Qavs ichida doim birinchi X (gorizontal masofa), keyin Y (vertikal masofa) yoziladi!

III ¡ 1-O'YIN

1-O'YIN: Ayg'oqchi Nuqtalarni Saralash đŸŽ¯

Har bir nuqtani koordinatasiga qarab to'g'ri chorakka sudrab tashlang!

đŸ“Ļ Nuqtalar ombori

0 / 5 nuqta joylashtirildi

II (− ; +)
I (+ ; +)
III (− ; −)
IV (+ ; −)
🏆

Barakalla! Siz barcha ayg'oqchilarni topdingiz!

III ¡ 2-O'YIN

2-O'YIN: Snayper — Tezkor tahlil đŸ”Ģ

Nuqtaning choragini 5 soniya ichida toping!

Ball: 0
5

Maqsad nuqta:

M( ? ; ? )

Qaysi chorakka tegishli? Tezda javob bering!

O'yin tugadi!

Jami to'plangan ball: 0

III ¡ Amaliyot

Amaliyot: Havo Yo'llari Radari âœˆī¸

Fuqaro aviatsiya dispetcheri sifatida noma'lum samolyot koordinatalarini aniqlang!

● ATC Primary Radar — LIVE

âœˆī¸ Dispetcher paneli

CIVIL ATC
âš ī¸ Diqqat! Noma'lum samolyot paydo bo'ldi. Aloqaga chiqish uchun uning koordinatalarini kiriting!
Muvaffaqiyatli aloqalar: 0

Dekart koordinatalari 📍

Koordinatalar tekisligida nuqtalarni toping va sirli rasmni oching!

📖 Nazariy qoidalar

Dekart koordinatalari tizimi — tekislikdagi har bir nuqtani ikkita son bilan (x; y) ifodalash usuli.

  • X o'qi — gorizontal (yotiq) o'q
  • Y o'qi — vertikal (tik) o'q
  • Boshlang'ich nuqta O(0; 0) — o'qlar kesishgan joy
  • O'ng tomonda x > 0, chap tomonda x < 0
  • Yuqorida y > 0, pastda y < 0

🎮 O'yin: "Sirli rasmni top!"

Sizda 10 ta yashirin nuqta bor: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J. Har bir nuqta uchun to'g'ri x va y koordinatalarini kiriting.

Barcha nuqtalarni topsangiz, ular chiziqlar bilan bog'lanib, besh qirrali yulduz shaklini hosil qiladi! ⭐

Topilgan nuqtalar 0 / 10

đŸ´â€â˜ ī¸ Xazina izlovchilar: Kesma o'rtasi

Qadimiy xaritada kesma o'rtasini toping va xazinani qazib oling!

Xazina A va B nuqtalarning qoq o'rtasida ko'milgan. Xazinani topish uchun uning koordinatalarini toping!

M = ((x₁ + x₂) / 2 ; (y₁ + y₂) / 2)

A( ? ; ? ) B( ? ; ? )

🚕 Eng qisqa yo'l: Navigatsiya ustasi

Masofa formulasini qo'llang va eng yaqin taksini yuboring!

📡 Radar qamrovi: Aylana egasi

Aylana tenglamasi x² + y² = R² yordamida radar qamrovini sozlang!

● AIR DEFENSE RADAR — ACTIVE SCANNING

âš™ī¸ Radar sozlamalari

x² + y² = R²

R ni o'zgartiring — qamrov doirasi real vaqtda kengayadi yoki torayadi.

🔴 Lazer nuri: Navigatsiya ustasi

A va B nuqtalardan o'tuvchi to'g'ri chiziq tenglamasini toping va xazinani himoya qiling!

● LASER SECURITY SYSTEM — ACTIVE ARMED

âš™ī¸ Lazer sozlamalari

y = k ¡ x + b

k va b ni kiritganda lazer nuri real vaqtda o'zgaradi.

🎉 Barcha modullar yakunlandi!

Tabriklaymiz! Siz analitik geometriya platformasining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli o'tdingiz!

đŸŽ¯ Matematik Artilleriya: Lazer va Bomba

Lazer (y = kx + b) yoki Bomba ((x−a)² + (y−b)² = R²) bilan dushmanni yo'q qiling!

BALL: 0
đŸŸĸ 2 🔴 2
⚡ 5 đŸ’Ŗ 3
đŸŸĸ DO'STLAR JANG MAYDONI — LIVE 🔴 DUSHMAN
● STANDBY — REJIM TANLANG
y = k ¡ x + b

G'alaba!

Barcha dushmanlar yo'q qilindi!

IV ¡ Yakun

Mustahkamlash, Baholash va Uyga vazifa 🧭

O'zingizni baholang va uyga vazifani bajaring!

✅ O'zingizni baholang!

O'zlashtirish darajasi 0%
🧭

Tabriklaymiz! Siz Analitik Geometriya modulini a'lo darajada o'zlashtirdingiz! Siz endi Mohir Navigatorsiz 🧭

📋 Uyga vazifa

📚

Standart vazifa

Darslikdagi mavzuni o'qish va masalalarni yechish. Nazariy bilimlaringizni mustahkamlang!

🎨

Ijodiy Loyiha: Xonam xaritasi

A4 qog'ozga markazni (0; 0) deb olib, o'z xonangiz mebellari koordinatasini chizing. Masalan: stol (3; 2), eshik (-4; 0).